Ismoil Gonsalvesh: "Paxtakor"ning o‘yini Evropa futboliga o‘xshash
Xabaringiz bor, Toshkentning "Paxtakor" klubi yangi mavsum uchun tayyorgarlikni ayni kunlarda BAAda olib bormoqda. Kuni kecha "sherlar" mahalliy "Al Dafra" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondilar.
"Paxtakor"ning portugaliyalik hujumchisi Ismoil Gonsalvesh esa ushbu o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Biz g‘alaba qozondik. Raqibga nisbatan kuchliroq o‘yin ko‘rsatdik. Murabbiy tomonidan berilgan taktik ko‘rsatmalarni uddalashga intildik.
Jamoadoshlarim o‘yin uslubiga ko‘nikishimda katta yordam berishmoqda. Barcha iliq kutib oldi va bu oson kechmoqda.
"Paxtakor" namoyish etadigan futbol uslubi Evropa futboliga o‘xshash. Murabbiy shu uslubni ma’qul ko‘radi. Shu sababli unga moslashib boryapman", - deb ta’kidladi Gonsalvesh.

Fikrlar