Ismoil uchun MYu ham kurashga qo‘shildi
"Manchester Yunayted" klubi ham "Milan" xavbeki Ismoil Bennaser uchun kurashga qo‘shildi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "qizil iblislar" 22 yoshli futbolchi uchun kurashda "Manchester Siti" va PSJ klublari bilan raqobatlashishga tayyor.
Bennaser joriy mavsum “Milan” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan imzolagan amaldagi shartnomasiga ko‘ra tovon puli 50 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar