
Ispaniya bosh murabbiyi 2 bor penaltidan gol urolmagan Ramos haqida nimalar dedi?
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Millatlar Ligasi doirasida Shveytsariyaga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Biz ko‘proq ochko to‘plashimiz mumkin edi, lekin chuqurroq tahlil qilishimiz lozim. G‘alaba qozonish uchun nima qilishimiz kerakligini ko‘rib chiqyapman. Menimcha, bugun 3 ochkoga loyiq edik. Shogirdlarim men aytgan topshiriqlarni maydonda bajara olayotganligidan xursandman.
Bizda aniq o‘yin uslubi bor - raqibga bosim o‘tkazish va undan ko‘proq to‘pga egalik qilish. Ramos amalga oshirgan penaltilar statistikasi uning bu borada favorit ekanligini anglatadi. Agar hakam uchinchi penaltini tayinlaganida, uni yana Serxio tepgan bo‘lardi".
34 yoshli himoyachi kecha ketma-ket ikki bor 11 metrlik nuqtadan gol ura olmadi. Bungacha u penaltilarda 25 talik golli seriya qayd etayotgan edi.
Fikrlar