Ispaniya bosh vaziri: “Real” yana bir bor etakchi ekanini isbotladi

  • 27 may, 2018, 12:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy “Real Madrid”ning EChL finalida g‘olib bo‘lgani bilan tabrikladi va klub prezidenti Florentino Peresga tabrik maktubini yo‘lladi.

“Sizdan barcha futbolchilar, texnik tarkib, rahbariyat va “Qirolli klubi”ga aloqador barchaga samimiy tabriklarimni yo‘llashingizni so‘rayman. “Real” yana bir bor mintaqada etakchi ekanini isbotladi va o‘z nomini tarixga yozdi. Keltirilgan bayram uchun sizlardan minnatdormiz”, – deb yozdi Ispaniya bosh vaziri.

Eslatib o‘tamiz, EChL finalida “Real Madrid” Angliyaning “Liverpul” klubi bilan kuch sinashib, 3:1 hisobida zafar quchdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!