
Ispaniya hech qachon qila olmagan ish! (Tarixga nazar)
2 kunlik tanaffusdan keyin bugundan Evropa chempionati o‘yinlari davom ettiriladi. Final oldi final deya ta’riflanayotgan Ispaniya - Germaniya bellashuvidan avval e’tiboringizga qiziqarli statistikalardan birini taqdim etamiz. Ajablanarli, ammo fakt bo‘lgan jihati shuki, “Qizil Furiya” yirik turnirlarning pley-off bosqichida mezbon jamoalarni xech qachon yuta olmagan.
1934 yil JCh - Italiya
Italiya - Ispaniya 1:0
1950 yil JCh - Braziliya
Braziliya - Ispaniya 6:1
1980 yil Evro - Italiya
Italiya - Ispaniya 0:0
1984 yil Evro - Frantsiya
Frantsiya - Ispaniya 2:0
1988 yil Evro - Germaniya
Germaniya - Ispaniya 2:0
1996 yil Evro - Angliya
Angliya - Ispaniya 0:0 (penaltilar seriyasi 4:2)
2002 yil JCh - Janubiy Koreya
Janubiy Koreya - Ispaniya 0:0 (penaltilar seriyasi 5:3)
2004 yil Evro - Portugaliya
Portugaliya - Ispaniya 1:0
2018 yil JCh - Rossiya
Rossiya - Ispaniya 1:1 (penaltilar seriyasi 4:3)
G‘aroyib ko‘rsatkich. Biroq bu omil bellashuvga xech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Ikkala terma jamoada xam imkoniyatlar darajasi teng. Xar qanday “qora an’analar”, yomon seriyalar zanjiri xam bir kun kelib alabatta uziladi. Shunday ekan, “korrido vatani” vakillarining yirik musobaqalardagi mezbon terma jamoalarga qarshi noxush seriyasi bugun barham topadimi yoki yo‘q, bularning barini yana bir necha soatlardan keyin bo‘ladigan Ispaniya - Germaniya o‘yini orqali bilib olishimiz mumkin.
Fikrlar