Ispaniya kubogi . G‘olib nomi penaltilar seriyasidan so‘ng aniqlandi
Ispaniya kubogi finalidan o‘rin olgan "Betis" - "Valensiya" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, 11-daqiqada Borxa Iglesias hisobni ochdi. 30-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Ugo Duro muvozanatni tikladi. O‘yinning asosiy vaqtida boshqa hisob o‘zgarmadi.
Ekstra taymlarda ham 1:1 hisobi saqlanib qoldi. Shu tariqa, navbat penaltilar seriyasiga keldi. Unda "qurbaqalar" 5:4 hisobida g‘alaba qozonib, Ispaniya kubogi sohibiga aylandi.

Fikrlar