
Ispaniya kubogi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi. "Real" va "Barselona" o‘z raqiblarini bilib olishdi
Bugun Ispaniya kubogining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra “Real” safarda “Saragosa”ga qarshi, “Barselona” esa o‘z maydonida “Leganes”ga qarshi bahs olib boradi.
Quyida barcha juftliklar bilan tanishib olishingiz mumkin:
"Badaxos" - "Granada"
"Leonesa" - "Valensiya"
"Tenerife" - "Atletik"
"Saragosa" - "Real"
"Mirandes" - "Sevilya"
"Rayo Valekano" - "Vilyarreal"
"Barselona" - "Leganes"
"Real Sosedad" - "Osasuna"
Ushbu bosqich uchrashuvlari 28, 29 va 30 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar