Ispaniya kubogi. "Atletiko Madrid" oʻz maydonida "Barselona"ni ayab oʻtirmadi
Ispaniya kubogining yarim final bosqichidan o‘rin olgan ilk bellashuvda "Atletiko Madrid" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qilib, 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu uchrashuvga jarohatlar bilan yetib kelgan kataloniyaliklar javob bahsidan oldin qiyin vaziyatga tushib qoldi.
Dastlab, to‘qnashuvning 7-daqiqasida Joan Garsiya avtogol muallifi bo‘ldi. Oradan 7 daqiqa o‘tib esa Antuan Grizmann sobiq jamoasiga qarshi bahsda gol kiritib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. "Matraschilar" "ko‘k-anorranglilar" himoyasidagi xatolardan birin-ketin foydalanib, gollar urishda davom etdi. 33-daqiqada Lukman, 45+3-daqiqada esa Xulian Alvares navbatdagi gollarga mualliflik qildi. Bu orqali birinchi bo‘lim 4:0 hisobida yakunlandi, ikkinchi taymda esa muxlislar gol ko‘rmadi.
Ma’lumot o‘rnida, ikki jamoa ishtirokidagi javob o‘yini esa 3 martdan 4 martga o‘tar kechasi soat 01:00’da bo‘lib o‘tadi.
- Ispaniya - Qirol kubogi
- Yarim finallar
Atletiko Madrid
- Antoine Griezmann 14'
- Ademola Lookman 33'
- Julián Alvarez 45'
- Eric García 7'
13.02.2026 01:00
Fikrlar