Ispaniya kubogi finali kelasi mavsumda o‘tkazilishi mumkin
Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi “Atletik” va “Real Sosedad” jamoalari o‘rtasidagi mamlakat kubogini o‘tkazish bo‘yicha bosh qotirmoqda.
Hozircha ularda 2 ta variant bor:
1. Final avgustda muxlislarsiz o‘tkaziladi va g‘olib jamoa evrokubok yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
2. Final kelasi mavsumda muxlislar bilan o‘tkaziladi. Ammo, bu holatda g‘olib jamoaga UEFA evrokuboklarda qatnashish huquqini bermaydi.
Federatsiya klublarga o‘ylash uchun 48 soat muddat bergan. Finalchilar ushbu vaqt ichida yuqoridagi 2 ta variantdan birini tanlashlari kerak.
Fikrlar