Ispaniya OAVlari "Barselona"ning "Real"ga qarshi rejasini ma’lum qilishdi

  • 25.10.2025 13:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya matbuotida "Barselona"ning "Real Madrid"ga qarshi muhim uchrashuv uchun qanday rejalar tayyorlaganini ma’lum qilishdi.

Diario Sport nashri xabar berishicha, Xansi Flikning taktik rejasi raqib kuchliligiga qaramasdan to‘liq hujumga tayangan bo‘ladi. Murabbiy hujum chizig‘iga bor kuchni tashlamoqchi. Eslatib o‘tamiz, germaniyalik murabbiyning o‘zi diskvalifikatsiya tufayli "El-klasiko"ni o‘tkazib yuboradi.

Hozirda La Liga turnir jadvalida madridliklar 24 ochko bilan birinchi o‘rinni band etib turishgan bo‘lsa, "ko‘k-anorranglilar" 2 ochko orqada qolishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!