Ispaniya Superkubogi. Gollar shousiga aylangan uchrashuvda “Barselona” “Real”ni mag‘lub etdi
Ispaniya Superkubogining final bellashuvi yakunlandi.
Final uchrashuvida Flik shogirdlari “Real” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab bahsning 36-daqiqasida kataloniyaliklar hujumchisi Rafinya hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim uchun qo‘shib berilgan daqiqalarida Vinisius gol kiritib hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, oradan 2-daqiqa o‘tib, polshalik hujumchi Levandovski jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi. Qo‘shib berilgan 6-daqiqada Gansalo Garsiya madridliklarning 2-golini kiritib, muvozanatni tikladi. Bellashuvning 73-daqiqasida Rafinya dublni rasmiylashtirib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Bu g‘alabadan so‘ng kataloniya klubi 16-bor Ispaniya Superkubogi sohibiga aylandi.
Fikrlar