Ispaniya terma jamoasi murabbiyi: Yamal butun dunyoga qanday futbolchi ekanini ko‘rsatmoqchi

  • 30.09.2026 13:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Liga millatlarida Xorvatiyaga qarshi o‘yindan so‘ng yosh hujumchi Lamin Yamalning o‘yinini yuqori baholadi.

De la Fuentening Marca nashriga aytishicha, Yamal doimiy ravishda o‘sish va mahoratni oshirishni istaydi. Murabbiyga ko‘ra, Lamin butun dunyoga o‘zi qanday futbolchi ekanini ko‘rsatishga juda qattiq intilayapti.

«U o‘zini juda kamtar tutadi, bu esa unga faqat foyda berayapti. Biz barchamiz uning maydondagi sehridan zavq olyapmiz, bu sehr jamoaga g‘alaba qozonishda yordam berayapti. Kelajakda u jamoa uchun qilayotgan ishlari evaziga albatta yanada katta e’tirofga sazovor bo‘ladi», — deya ta’kidladi de la Fuente.

Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal Xorvatiyaga qarshi bahsda dubly qayd etib, Ispaniyaning 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Liga millatlarida Angliyaga qarshi ilk uchrashuvda esa Yamal bir gol urgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!