
Ispaniya yulduzlarini qiynab tashlagan O‘zbekistonning o‘yini Evropada qanday baholandi?
Frantsiya poytaxti mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarini O‘zbekiston – Ispaniya hamda Marokash – Argentina o‘rtasidagi birinchi tur uchrashuvlari boshlab berdi.
Ispaniya terma jamoasi nafaqat “S” guruhidan o‘rin olganlar orasida favorit, balki Olimpiya o‘yinlarining oltin medaliga asosiy da’vogar hisoblanadi.
Olimpiya o‘yinlaridek nufuzli musobaqada ilk bor ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ispanlar bilan tengma-teng kurashdi. Futbolchilarimiz ayrim vaziyatlarda Evropa futboli vakillaridan ustunlik qilgan, raqibni talvasaga solib qo‘ygan holatlar ham ko‘p bo‘ldi.
To‘g‘ri uchrashuvdagi hisob 2:1 ko‘rinishida Ispaniya terma jamoasi foydasiga hal bo‘ldi. Lekin hamyurtlarimiz qolgan biror jihatdan kuchli raqibdan ortda qolgani yo‘q. Eldor Shomurodov penaltini aniq bajarib, O‘zbekistonning Olimpiya o‘yinlaridagi birinchi golini urdi va bu ko‘rsatkich davomli bo‘lishiga umid qilamiz.
Yana bir e’tiborga molik holat ikkinchi bo‘lim boshida yuz berdi. Iste’dodli darvozabon Abduvohid Ne’matov mavsumni “Manchester Siti” safida Angliya chempioni sifatida yakunlagan Serxio Gomesning 11 metrlik belgidan yo‘llagan zarbasini mahorat bilan qaytarib, Parij Olimpiadasida penaltni bartaraf etgan birinchi darvozabon sifatida tarixga kirdi.
Frantsiyaning futbolni yoritayotgan nufuzli nashrlaridan biri le11hdf.fr saytining futbol bo‘yicha eksperti Entso Paylot uchrashuvni quyidagicha tahlil qildi.
- Olimpiya o‘yinlarining favoriti sifatida e’tirof etilgan Ispaniya terma jamoasidan farqli ravishda, O‘zbekiston futbolchilari o‘zlarini munosib ko‘rsata oldi. Biroq ularga ispaniyaliklardan ochko olish nasib qilmadi.
Frantsiyada o‘ynayotgan Abduqodir Husanov bu bahsda ilk daqiqalardan maydonga tushdi.
Agar mag‘lubiyatga rag‘bat beriladigan bo‘lsa, uni Ispaniyadan engilgan O‘zbekiston terma jamoasiga berish lozim. Olimpiya o‘yinlarining ochilish o‘yinida Abduqodir Husanovning jamoadoshlari Ispaniyaga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi.
Ispaniyaliklar birinchi bo‘lib Mark Pubiilning harakatlari evaziga hisobni ochdi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay o‘zbekistonliklarning hujumdagi etakchisi, “Roma” forvardi penaltini aniq bajarib, hisobni tenglashtirdi.
Xavfli va ishonch bilan o‘ynagan O‘zbekiston baribir gol o‘tkazib yubordi. Avvaliga Serxio Gomesning penaltidan yo‘llagan zarbasini darvozabon qaytardi. Lekin “Manchester Siti”da tajriba oshirgan Gomes birozdan keyin maqsadiga etdi.
O‘zbekistonliklar harchand harakat qilmasin, hisobdagi farqni yo‘qqa chiqara olmadi.
Bu mag‘lubiyat uchun Abduqodir Husanov va uning jamoadoshlarini tanqid qilib bo‘lmaydi. Ular Misr va Dominikan Respublikasi terma jamoalariga qarshi o‘tkaziladigan bo‘llashuvlarda g‘alaba uchun o‘ynaydi. Guruh bosqichida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega ikkitadan terma jamoa pley-offga chiqadi, - deb yozdi frantsiyalik ekspert Entso Paylot.
Eslatib o‘tamiz, keyingi tur 27 iyulga belgilangan va unda terma jamoamiz mirslik futbolchilar bilan kuch sinashadi. Guruhdagi so‘nggi bahs 30 iyul kuni Dominikan Respublikasi vakillariga qarshi o‘tkaziladi.
Shomurodov muxlislariga yoqadigan ma’lumot
Shomurodov va Fayzullaev etakchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Parijda shov-shuv ko‘taradi!
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Shomurodov va A Seriya bo‘yicha ma’lumot chiqardi
Ispaniya bosh murabbiyi va sardori O‘zbekistonga qarshi o‘yindan oldin nimalar dedi?
“Parij-2024”: Shomurodov, Fayzullaev va Olimpiadaning eng mashhur yulduzlari!
Fayzullaev xorijdan yaxshi takliflar oladi, agar...
Fikrlar