Shomurodov muxlislariga yoqadigan ma’lumot

  • 25 iyul, 2024, 15:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlari futbol musobaqalarida 16 mamlakat terma jamoalari ishtirok etmoqda.

Musobaqa qoidasiga ko‘ra, Olimpiadada 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan jamoalar qatnashadi. Har bir terma jamoa yoshi katta uch nafar tajribali o‘yinchi yordamidan foydalanishi mumkin.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi murabbiylar shtabi Olimpiya o‘yinlariga yoshi katta o‘yinchilardan Eldor Shomurodov, Husniddin Aliqulov va Oston O‘runovni kiritgan.

Sports.uz portali Evropaning etakchi ligalaridan Parij Olimpiadasiga jalb qilingan 20 nafar eng mashhur  charm to‘p ustalari ro‘yxatini futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

Aleksandr Lyakazett, Frantsiya, “Lion”

Mixael Olise, Frantsiya, “Bavariya” Myunxen

Dezire Due, Frantsiya, “Renn”

Jan-Filipp Mateta, Frantsiya, “Kristal Pelas”

Rayan Cherki, Frantsiya, “Lion”

Nabi Keyta, Gvineya, “Verder” Bremen

Xulian Alvares, Argentina, “Manchester Siti”

Klaudio Echeverri, Argentina, “Manchester Siti”

Nikolas Otamendi, Argentina, “Benfika”

Ashraf Hakimi, Marokash, PSJ

Junior Firpo, Dominikan Respublikasi, “Lids Yunayted”

Muhammad  Elneni, Misr, “Arsenal”

Erik Garsiya, Ispaniya, “Jirona”

Pau Kubarsi, Ispaniya, “Barselona”

Aleks Baena, Ispaniya, “Vilyarreal”

Fermin Lopes, Ispaniya, “Barselona”

Migel Guterres, Ispaniya, “Jirona”

Samu Omorodion, Ispaniya, “Atletiko” Madrid

Eldor Shomurodov, O‘zbekiston, “Roma”

Xulio Ensiso, Paragvay, “Brayton”

Ro‘yxatdan ko‘rinib turibdiki, eng ko‘p yulduz o‘yinchilarni Argentina, Ispaniya va Frantsiya terma jamoalari jamlagan. Futbol ekspertlari aynan mana shu terma jamoalarni Olimpiya o‘yinlari g‘olibligiga asosiy da’vogar sifatida e’tirof etmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi etakchisi Eldor Shomurodov Olimpiya o‘yinlarida qatnashadigan eng mashhur o‘yinchilar ro‘yxatiga kiritilgan yagona osiyolik futbolchi hisoblanadi.

Musobqaning “S” guruhidan o‘rin olgan hamyurtlarimiz pley-offga chiqish uchun Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi futbolchilari bilan bellashadi.

Kvartetdagi har bir terma jamoada Olimpiadaning mashhur futbolchilari ro‘yxatiga kiritilgan futbolchilarning borligi bellashuvlarning keskin va murosasiz o‘tishidan dalolat beradi. 

“Kuchli hayajondamiz”: “Barsa” yulduzi O‘zbekiston bilan bo‘ladigan to‘qnashuv oldidan yana nimalar dedi?

Shomurodov va Fayzullaev etakchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Parijda shov-shuv ko‘taradi!

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Shomurodov va A Seriya bo‘yicha ma’lumot chiqardi

Ispaniya bosh murabbiyi va sardori O‘zbekistonga qarshi o‘yindan oldin nimalar dedi?

“Parij-2024”: Shomurodov, Fayzullaev va Olimpiadaning eng mashhur yulduzlari!
Fayzullaev xorijdan yaxshi takliflar oladi, agar...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кенжаев Мажид
24/07/2024 14:44
Олға Ўзбекистон! 2:1 ютамиз! Иншооллох
Кенжаев Мажид
24/07/2024 14:42
Эльдор Омад тилаймиз! Сен утган йилдаги мавсумда уролмаган голларингни Парижда уриб, машхур футболчиликда узингни курсатишинг керак!