Shomurodov va Fayzullaev etakchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Parijda shov-shuv ko‘taradi!

  • 25 iyul, 2024, 22:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining futbol musobaqalari ko‘plab muxlisu mutaxassislarning e’tiborini tortmoqda.

Tecno

Futbol ekspertlari Parij yashil maydonlarida bo‘ladigan bellashuvlar oldidan terma jamoalar va futbolchilarning imkoniyatlarini tahlil va taxmin qilib, dastlabki xulosalarni taqdim etmoqda.

Sports.uz portali bir necha manbalar tahlillarini o‘rganib chiqib, ulardan olingan ayrim xulosalarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

Uchta yaqqol favorit

Odatga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlarining futbol bahslari musobaqaning rasmiy ochilish marosimidan avval boshlanadi.

24 iyulga belgilangan ilk uchrashuvlar Sent-Etenda Argentina – Marokash, Parijdagi “Park-de-Prens” stadionida O‘zbekiston Ispaniya o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Yaqinda Evropa va Amerika chempionatlarida g‘olib chiqqan Ispaniya va Argentina terma jamoalari futbolchilarining “ukalari” Parij Olimpiadasi ham oltin medalga asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilmoqda. Har ikki terma jamoa safida qit’a chempionatida ishtirok etib, hali chempionlik gashtini surishni tuxtatmagan o‘yinchilar bor.

Ispaniya va Argentina har qanday musobaqada favorit sifatida e’tirof etilishi odatiy holga aylangan. Biroq mezbon Frantsiyani ham unutmaslik lozim. Yulduzlarga to‘lib-toshgan bu terma jamoa ham o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida uyalib qolmaslik uchun ham faqat g‘alaba uchun to‘p tepishi aniq.

Musobaqa oldidan shov-shuvlar

Olimpiya o‘yinlari oltin medaliga Ispaniya, Argentina va Frantsiya asosiy da’vogar ekanini aytdik. Biroq bu terma jamoalar ayrim yulduzlarni musobaqaga jalb eta olmagani Olimpiadadan oldin shov-shuv bo‘ldi.

Kilian Mbappe o‘z yurtidan o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish istagini anchadan beri bildirib kelardi. Biroq Terri Anri uni jamoaga jalb qilishni uddalay olmadi. Bu ko‘proq Mbappening “Real”ga o‘tgani ta’siri. Qolaversa, Kilian Evropa chempionatida burnini sindirib oldi, jismoniy holati ko‘ngildagidek emasligi ham uning orzusi armonga aylanishiga olib keldi.

Argentina terma jamoasi esa, sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi yordamiga tayana olmaydi. Dunyoning narigi chekkasida to‘p tepayotgan Messi yoshi kattaligini inobatga olib, intensiv tarzda o‘yin o‘tkazishga, ketma-ket ikkita yirik turnirda qatnashishga yaramasligini tan olib, uzr so‘radi.

Ispaniya terma jamoasi esa, “Evro-2024” qahramoni 17 yoshli Lamin Yamal xizmatidan foydalana olmaydi. Iste’dodli futbolchi juda og‘ir o‘tgan Evropa chempionatidan keyin hordiq chiqarishi va ta’tildan keyin “Barselona” bilan yangi mavsumga tayyorlanishi kerak.

Qaysi terma jamoa hayratga solishi mumkin?

Jahon va qit’a chempionatlari, Olimpiya o‘yinlarida muntazam qatnashib kelayotgan terma jamoalarning imkoniyatlari, ularning nimaga qodirligi, futbolchilarning darajasi ko‘pchilik muxlisu mutaxassislarga ma’lum.

Biroq, bu gal O‘zbekiston terma jamoasi Olimpiadada ilk bor ishtirok etadi. Markaziy osiyoliklarning Parijga katta ishtiyoq bilan kelgani ularni har qanday terma jamoa uchun jiddiy va xavfli raqibga aylantiradi.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga jalb qilingan o‘yinchilar o‘z klublarida muntazam o‘yin amaliyotiga ega, aksariyati o‘z jamoasining etakchi ijrochilari hisoblanadi. Ularni shartli ravishda “Barselona” yoki “Manchester Siti” zaxirasida o‘tirgan futbolchilardan kuchsiz, deb bo‘lmaydi.

Olimpiadada syurprizlar ko‘p bo‘ladi. Garchi O‘zbekiston debyutant jamoa bo‘lgani uchun aksariyat ekspertlar tomonidan autsayderlar qatoriga kiritilayotgan bo‘lsa-da, Parijda sensatsiya ko‘tarishga qodir. Chunki tarkibda buni uddalay oladigan kuchli klublar vakillaridan – kreativ  o‘yinchilar Abbosbek Fayzullaev (TsSKA) va Oston O‘runov (“Persepolis”), himoyada mustahkam turadigan Abduqodir Husanov (“Lans”), Husniddin Aliqulov (“Rizespor”), ko‘ngi ko‘rgan hujumchi Eldor Shomurodov (“Roma”) kabi futbolchilar bor.

Kim eng zo‘r to‘purar bo‘ladi?

Parij Olimpiadasida eng ko‘p gol ura oladigan o‘yinchilarni aniqlashda ekspertlar asosiy e’tiborni 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarga yordam berish uchun terma jamoalarga jalb etilgan tajribali forvardlarga e’tibor qaratdi.

Tahlillarga ko‘ra, to‘purarlar poygasida g‘oliblik uchun kurash asosan frantsiyalik tajribali hujumchi Aleksandr Lyakazett va argentinalik jahon va qit’a chempioni Xulian Alvares o‘rtasida kechadi. Shuningdek, frantsiyalik Arne Kalimuendo, Jan-Filipp Mateta, ispaniyalik Abel Ruis va Samu Omoridion ham porlashi mumkinligi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Parij Olimpiadasida 16 mamlakat terma jamoalari to‘rt guruhga bo‘lingan holda raqobatga kirishadi. Har bir kvartetdan dastlabki ikki pog‘onani egallagan terma jamoalar chorak finalga yo‘llanma oladi.

Guruh bahslarida ochkolar teng kelib qolgan vaziyatda, birinchi navbatda, to‘plar nisbati va keyin o‘zaro o‘yin natijasi inobatga olinadi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Shomurodov va A Seriya bo‘yicha ma’lumot chiqardi

Fayzullaev xorijdan yaxshi takliflar oladi, agar...

“Parij-2024”: Shomurodov, Fayzullaev va Olimpiadaning eng mashhur yulduzlari!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
25/07/2024 21:59
Кайтараверасанми? Уйин кеча булиб утиб кетдику.
Васлиддинов Фаррухбек
24/07/2024 11:59
Кеча туш кўрибман.Хайрон қолдим)..Олимпиадага бориб Японияни 2:0 га ютибмиз экан,Осиё чемпионатидир балки деб қарасам, таблода Париж 2024 ёзилган.Тавба, японлар билан дуч келамизми ўзи Олимпиадада?)..Тўғри келиб қолсак, ростанам 2:0 га ютсак, менга совға юборарсизлар а?))