
Ispaniyalik futbolchisi kelishilgan o‘yinlarda gumonlanib qo‘lga olindi
Ispaniyada o‘tgan mavsum aniqlangan kelishilgan o‘yinlar bo‘yicha tergov ishlari davom ettirilmoqda.
El Pais nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bugun ertalab mashg‘ulotlardan oldin “Saragosa” himoyachisi Picha Atiensa qo‘lga olingan. Bu haqda klubga xabar berilgan. Futbolchi tez orada Ueska sudida so‘roq qilinadi.
Ma’lumot uchun, Atiensa 2013/14 yilgi mavsumda “Ueska” safida to‘p surgan. Ushbu klub esa kelishilgan o‘yinlarda faol ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda. Bu borada xatto klub prezidenti ham qo‘lga olingan.
Fikrlar