Ispaniyalik jurnalist: "Real" Vinisiusni sotishi kerak"
"El Chiringuito TV" jurnalisti Xuanfre Sans "Real" vingeri Vinisius Juniornı jamoa ichida nizo keltirib chiqarganlikda ayblab, klubni braziliyalik futbolchini sotishga chaqirdi.
"Men qatʼiy ishonamanki, “Real” uchun eng yaxshi qaror — bu futbolchini sotish. Chunki “Barselona”ga qarshi o‘yin kuni u kiyinish xonasida ichki nizoni yuzaga keltirdi, nazoratni qo‘lga oldi va hech kim uni to‘xtatmadi.
Bugungi harakati uning xatolarini tan olish usuli, ammo menimcha, u barcha imkoniyatlarini tugatib bo‘lgan. “Real” uni yaxshi o‘yini tufayli jamoada saqlab qoldi, bu klub uning xulqi uchun to‘lgan bahosi edi.
U yaxshi o‘ynaganida ayrim harakatlari kechirilardi, ammo ishlar yomon ketganida vaziyat ancha salbiy tus oldi.
Menimcha, muvaffaqiyatsiz mavsumlardan keyin qatʼiy choralar ko‘rish kerak", — dedi Sans.
Maʼlumot o‘rnida, kecha "Real" o‘z maydonida "Alaves"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv boshida "Bernabeu" muxlislari Vinisius va Kilian Mbappeni hushtakbozlik bilan qarshi oldi. Braziliyalik vinger esa g‘alaba golini urdi, shundan so‘ng ishora bilan muxlislardan uzr so‘radi va klub emblemasini updi.
Fikrlar