Israel Adesanya: "Jons va Miochich jangi 2-raundda tugaydi"

  • 14.11.2024 16:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Israel Adesanya ikki amerikalik Jon Jons va Stipe Miochich o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Jon Jons nisbatan kuchliroq jangchi. U har bir raqibga jiddiy ko‘z bilan qaraydi. Stipega kelsak, u ko‘plab yigitlarni mag‘lub eta oladi. Ammo men bu bahsda Jonnning g‘alabasiga ishonaman. Mazkur to‘qnashuv ikki raundda yakunlanadi”, - dedi Adesanya "FREESTYLEBENDER" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 17 noyabr kuni AQSh ning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 309" turnirida Jon Jons (27-1-1 N/C) hamyurti Stipe Miochich(20-4)ga qarshi kurash olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!