Asosiy mazmunga oʻtish

Israel Adesanya: "Menga kamar qiziq emas"

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

UFC sobiq chempioni Frantsiya vakiliga qarshi jang oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni Israel Adesanya Frantsiya vakili Nassurdin Imavovga qarshi jang oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

 "Men qanchalik kuchli bo‘lganimni deyarli unutib qo‘ygandim. Biroq barchasini qayta esladim. Bu sportda ozmi-ko‘pmi orzularimga erishdim. To‘g‘ri, hali oldinda bir nechta maqsadlarim bor. Ulardan biri - nafaqaga chiqishdan oldin yirik g‘alabalarga erishishdir. Kamarga ham ahamiyat bermayman. Shunchaki jangdan zavqlanmoqchiman" - deya nigeriyalikning so‘zlarini keltirdi "MMA Junkie".

Eslatib o‘tamiz, Israel Adesanya oxirgi jangini Drikus dyu Plessiga qarshi o‘tkazib, 4-raundda sabmishn orqali engilgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q