Israel Adesanya: "Nassurdin Imavov va Kayo Borralo teng kurashlar ostida o‘tadi, yakunda esa g‘olib..."

  • 03.09.2025 13:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Nigeriyalik MMA ustasi Israel Adesanya frantsiyalik Nassurdin Imavov (16-4-1 N/C) va braziliyalik Kayo Borralo (17-1-1 N/C) o‘rtasidagi jang o‘z prognozlarini bildirdi.

"Garchi bu teng kurash bo‘lsa ham, men Kayoning g‘alabasiga ishonaman. To‘g‘ri, ushbu bahs Imavovning o‘z uyida, Frantsiyada bo‘ladi, biroq bu Nassurdinga qanday ta’sir qilishini bilmayman. O‘ylashimcha, Borralo ochkolar evaziga zafar quchadi. Frantsuz kurashda ustunlik ko‘rsatishi mumkin, ammo qo‘l va oyoq bilan ishlashda braziliyalikning mahorati undan yuqoriroq”, - dedi Adesanya o‘zining You Tube kanalida.

Ma’lumot uchun, mazkur qarama-qarshilik 6 sentyabr kuni "UFC Fight Night 258" turnirida o‘tkaziladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!