
Israel Adesanyaning murabbiyi nima uchun Habibni MMA tarixidagi eng buyuk jangchi deb bilishini tushuntirdi
O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Israel Adesanyaning murabbiyi Yudjin Bermayn nima uchun promoushenning engil vazn toifasida sobiq chempioni Habib Nurmagomedovni aralash yakkakurashlar tarixidagi eng buyuk jangchi deb bilishini tushuntirdi.
“U raqibini yo‘q qilish bilan birga, oktagondan shikastsiz chiqar edi. Bundan tashqari, u yuqori cho‘qqilarda sportni tark etishga muvaffaq bo‘lgan kam sonli sportchilardan biridir. Men yillar davomida bu eng qiyin narsa ekanligini tushunib etdim. Shuning uchun men Xabibni MMA tarixidagi eng buyuk jangchi deb bilaman”, - deydi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Xabib jangovar faoliyatini 2020 yil oktabr oyida yakunlagan va 29:0 natijani qayd etgan edi.
Fikrlar