Isroil klubi nega "Barselona" bilan o‘yinni bekor qildi?

  • 16.07.2021 17:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Isroilning "Beytar" klubi va Kataloniyaning "Barselona" klubi o‘rtasida rejalashtirilgan o‘rtoqlik o‘yini bekor qilindi.

The Times of Israel tarqatgan xabarga qaraganda, Isroil klubi "ko‘k-anor ranglilar"ning Quddusga borishdan bosh tortgani sababli 4 avgustga belgilangan o‘yinni bekor qildi.

Bundan tashqari, "Barsa" Falastinni kuchli qo‘llab-quvvatlayotgani uchun ushbu jamoaning Isroildagi xavfsizligi bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar ham o‘yinni o‘tkazilmasligiga sabab bo‘ldi.

"Beytar" endi “Barselona” o‘rniga Rossiyaning “Rostov” klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!