Isroil Madrimov: "Terens zo‘r bokschi, biroq men yutgan edim"

  • 4 avgust, 2024, 12:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

AQShning Los-Anjeles shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. 

Kechaning markaziy jangida amerikalik Terens Krouford va o‘zbekistonlik Isroil Madrimov o‘rta vaznda WBA kamari uchun kurashdi. To‘liq 12 raund davom etgan jangda amerikalik sportchi hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi. Madrimov jangdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

"Terens bunga qadar ko‘p janglarida nokaut bilan g‘alaba qozongan. Men bugun oxirigacha munosib kurashib, g‘alaba qozondim, deb o‘ylayman. Men revansh so‘rayman. Janob Turki Al Shayxdan revansh jangini tashkil qilishini so‘rayman. Bugun jangda qanday harakat qilganimni, nazorat qilganimni ko‘rdi.

Men jangni to‘liq nazoratda o‘tkazdim. To‘g‘ri, u dunyoning eng zo‘r bokschisi, men hali 10 ta jangda qatnashdim. Lekin Kroufardga qarshi munosib jang olib bordim. Meni qo‘llab quvvatlagan barchaga rahmat", - dedi Madrimov. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!