Isroil Madrimov yarim final ostonasida filippinlik bokschi bilan jang qiladi

  • 1 may, 2017, 21:03
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

75 kilogramm vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Isroil Madrimovning chorak finaldagi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilgan natijalarga ko‘ra, keyingi bosqichda terma jamoamiz vakili  filippinlik Martsial Eumir bilan yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi

Bunga qadar ikki nafar o‘zbekistonlik bokschining chorak finaldagi raqiblari nomi ma’lum bo‘lgan edi.

Hasanboy Do‘smatov qozog‘istonlik Jomart Erjanga qarshi ringga chiqadi. Iqboljon Xoldorov esa yarim final ostonasida Xitoy Taypeyi jamoasi a’zosi Hun-Min Panga qarshi jang qiladi.

SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.

SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!