
Superkompyuter Chempionlar ligasi finalida qaysi jamoa g‘olib bo‘lishini tahmin qildi
Chempionlar ligasi yarim final o‘yinlari yakunidan so‘ng, "Opta" tahliliy platformasi turnirning hal qiluvchi uchrashuvi natijasini tahmin qildi.
Superkompyuter hisob-kitoblariga ko‘ra, finalda g‘alaba qozonish imkoniyati eng yuqori bo‘lgan jamoa Frantsiyaning PSJ klubi - 53,7%. Italiyaning "Inter" klubi esa 46,4% imkoniyatga ega. Frantsiya klubi ikki o‘yin yakuniga ko‘ra Londonning "Arsenal" klubini 3:1 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etib, finalga chiqdi.
O‘z navbatida, milanliklar "Barselona"ni engib o‘tishdi: avval 3:3 hisobida durang o‘ynab, so‘ngra tomoshabop javob uchrashuvida 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. PSJ uchun bu Evropaning eng nufuzli klub turnirida birinchi marta g‘olib bo‘lish imkoniyati. "Inter" esa ushbu turnirda uch marta g‘alaba qozongan, oxirgi g‘alabasi 2010 yili qo‘lga kiritilgan.
Fikrlar