Isroillik futbolchi 99 yilga futboldan haydaldi

  • 16 noyabr, 14:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Isroil futbolida g‘alati voqea yuz berdi. Mamlakat chempionatning uchinchi divizionida ishtirok etayotgan  “Yermiyagu Xolon” yoshlar jamoasi futbolchisi raqibini do‘pposlagani uchun 99 yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqida One nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Nomi sir tutilayotgan 17 yoshli futbolchi yoshlar ligasidagi o‘yindan keyin, kiyim almashtirish xonasi yaqinida raqib o‘yinchisiga tashlangan va uni ayovsiz kaltaklagan. Bu holat kuzatuv kameralariga tushib qolgan.

Tartib-intizom qo‘yitasi qaroriga ko‘ra, klub 700 evro jarima to‘laydi, jamoadan uch ochko olib qo‘yiladi va bir yil davomida kuzatuv ostida bo‘ladi.

“Yermiyagu Xolon” klubi tashkilot qarorini qo‘llab-quvvatladi, zo‘ravon futbolchini jamoa tarkibidan chiqardi. Shunga qaramay, klub janjalning kelib chiqishiga jabrlanuvchining o‘zi sababchi ekanini ham keltirib o‘tdi.

Endi mushtumzo‘r futbolchining diskvalifikatsiyasi 2124 yil yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!