
Iste’dodli yosh futbolchi hayotdan ko‘z yumdi
Frantsiyaning “Jyoness Villnavez” klubining 14 yoshli tarbiyalanuvchisi uchrashuv paytida olgan jarohati tufayli hayotdan ko‘z yumdi.
RMC Sport nashrining yozishicha, 14 yoshli futbolchi “Stad Bordele” jamoasi o‘yinchisi bilan to‘qnashib ketgan. Shundan keyin u ko‘krak qafasidagi og‘riqdan shikoyat qilib, hushini yo‘qotgan.
Shikastlangan futbolchini Bordo shahridagi shifoxonaga etkazishdi. Bola koma tushib qoldi va yuragi urishdan to‘xtadi.
Shifokorlar uni hayotgan qaytarish uchun bir necha bor jarrohlik amaliyotini ham o‘ztkazdi. Biroq yosh o‘yinchini qutqarishning imkoni bo‘lmadi.
- 14 yoshli futbolchimizning o‘limini qalbimiz parchalangan holatda e’lon qilishga majburmiz. To‘g‘ri so‘zlarni topib gapirishga til ojiz. Faqat sukut va ko‘z yoshi..., - deyiladi klubning rasmiy bayonotida.
France Bleu nashrining aniqlik kiritishicha, yosh o‘yinchining to‘qnashuv vaqtida jigari yorilib ketgan va ichki qon ketish yuz bergan.
Fikrlar