Istomin chorak final chiptasi uchun kortga chiqadi
Tennischimizga kuchli sportchi raqiblik qiladi.
O‘zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi Denis Istomin Qozog‘iston kortlarida o‘tkazilayotgan turnirlarda ishtirok etishda davom etmoqda.
Bu safar hamyurtimiz "Chellenjer" turkumiga kiruvchi "Nur-Sultan 2" musobaqasida o‘z yurishini muvaffaqiyatli boshladi. Frantsiyalik Aleksandr Myullerga qarshi kortga chiqqan Istomin ilk setni 6:3 ko‘rinishida yutib oldi. Ikkinchi setda hisob tennischimiz foydasiga hal bo‘lib turgan bir paytda, Myuller uchrashuvni davom ettira olmasligini ma’lum qildi va Denis texnik g‘alaba bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Endi 1/8 finalda unga turnirning 5-tartib raqam ostida saralangan raketka ustasi, yaponiyalik Taro Daniel raqiblik qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 13:55 atrofida boshlaishi rejalashtirilgan.

Izohlar (0)