Italiya grandlari Frantsiyaning bo‘lajak yulduzi uchun kurashadi

"Seltik" forvardi Odsonn Eduar faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda The Sun nashri.

22 yoshli  PSJ tarbiyalanuvchisi uchun A Seriyaning grand klublari "Milan" va "Yuventus" da’vogarlik qilmoqda.

O‘tgan yozda "Seltik" futbolchini Parij klubidan 10 million evroga xarid qilgan edi.  Ortda qolgan vaqt mobaynida Eduar "Seltik" safida 20 ta o‘yinda 9 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!