
Italiya kubogi. "Inter" 3-dvizion vakilini arang mag‘lub etdi
Kecha Evropaning bir qator mamlakatlarida kubok bahslari bo‘lib o‘tdi.
Hususan, Italiya kubogi 1/8 final bosqichida Milanning "Inter" klubi mamlakat 3-dvizioni ishtirokchisi hisoblangan "Pordenone" klubiga qarshi kurash olib bordi. Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda hisob ochilmagach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda esa omad "neradzurrilar"ga kulib boqdi.
“Inter” – “Pordenone” 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 5:4
12 dekabr «Juzeppe Meatstsa (San-Siro)»
“Inter” – Padelli, Shkrinyar, Nagatomo, Ranokkiya, Joau Kanselu, Galyardini, Vesino, Dalbert (Ikardi, 80), Pinamonti (Brozovich, 46), Eder, Karamo (Perishich, 68).
“Pordenone” – Perilli, Formikoni, Bassoli, Nundzella (Parodi, 117), Stefani, Burrai, Angel (De Agostni 80), Lulli, Magnaghi, Berrettoni (Churria, 97), Mizuraka.
Ogohlantirishlar: Perilli (94).
Fikrlar