
Italiya kubogi. "Inter" Milan derbisida g‘alaba qozonib, dastlabki finalchiga aylandi
Italiya kubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Inter" - "Milan" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda mezbonlar yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.
Bellashuvda Lautaro Martines dubl qayd etgan bo‘lsa, uchinchi golga Robin Gosens mualliflik qildi.
Shu tariqa, "neradzurrilar" kubok finaliga yo‘l oldi. "Rossonerilar" endi bor e’tiborini A Seriyaga qaratadi.
Fikrlar