Italiya kubogi."Yuventus" kichik hisobda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

  • 03.02.2023 03:04
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Italiya kubogining chorak finalidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Latsio" uchrashuvi yakunlandi. O‘yin turinliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

Yagona gol muallifi Gleyson Bremmer. Himoyachi 4-daqiqada Kostichning pasidan so‘ng gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, "Yuventus" Italiya kubogining yarim final bosqichiga chiqdi. Klub finalga yo‘l olish uchun "Inter"ga qarshi o‘ynaydi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!