Italiya terma jamoasi a’zosi A Seriyaga qaytishi mumkin
"Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali A Seriyaga qaytishi ehtimoli bor.
Xabarlarga ko‘ra, Turinning "Yuventus" klubi Tonalining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Zebralar" yozgi transferlar bozorida italyalik futbolchini asosiy maqsad qilib belgilagan. Qayd etilishicha,futbolchining atrofidagi vaziyatni "Manchester Siti" jamoasi ham kuzatib bormoqda. Sandro 2023 yilda 60 million yevro evaziga "hakkalar" safiga kelib qo‘shilgan edi. Uning shartnomasi 2028 yilda yakuniga yetadi. "Transfermarkt" portali uni 75 million yevroga baholagan.
Ma’lumot uchun, xavbek joriy mavsumda umumiy 30ta uchrashuvda maydonga tushib, 5ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar