Italiya terma jamoasini boshqaraman, degan bitta mard chiqdi

  • 07.04.2026 18:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

​Bosniya va Gertsegovinadagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng yangi bosh murabbiy qidirayotgan Italiya, hozircha Jennaro Gattuzoning o‘rnini bosuvchi nomzodni topmadi. Hozirda Italiya futbol federatsiyasi yangi murabbiy qidirish bilan band. Federatsiya bir nechta afsonaviy futbolchilarga taklif bilan chiqdi, ammo hozircha hamma ham rozi bo‘layotgani yo‘q.

Paolo Maldini: Unga taklif berildi, lekin Maldini bu ishga unchalik qiziqish bildirmayapti.

Simone Indzagi: Taklifni rad etdi. Indzagi hozirda Arabistonning “Al-Hilol” jamoasida ishlayotganidan mamnunligini va shartnomasi borligini aytdi.

Alessandro Del Piero: Uning ham nomi nomzodlar orasida tilga olinmoqda.

​Antonio Konte qaytadimi?

​Eng shov-shuvli yangilik — Antonio Konte terma jamoaga qaytishga tayyorligiga sha’ma qildi. U ilgari 2014–2016 yillarda Italiyanı boshqargan. Konte o‘z intervyusida shunday dedi:

​“Mening nomim bu ro‘yxatda bo‘lishi tabiiy. Men terma jamoani yaxshi bilaman. O‘z vataning sharafini himoya qilish — bu katta baxt. Hozirda “Napoli” bilan shartnomam bo‘lsa-da, mavsum oxirida prezident bilan bu masalani gaplashib olamiz”.

“Napoli” klubi xo‘jayini Aurelio De Laurentiis ham Konteni ushlab turmoqchi emas. Uning aytishicha, agar Konte terma jamoaga ketishni istasa, unga ruxsat beradi. Faqat prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Italiya futbol federatsiyasi avval o‘zidagi tartibsizliklarni to‘g‘rilashi kerak, aks holda har qanday kuchli murabbiyga ham qiyin bo‘ladi.

​Italiya terma jamoasi murabbiyligiga eng asosiy va jiddiy nomzod hozircha Antonio Konte bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!