
Italiyada 8-tur start oldi. "Roma" va Shomurodovni safarda jiddiy o‘yin kutmoqda
Bugundan Italiyada 8-tur bahslari start oldi. Bellashuvlar 18 oktyabr kunlariga qadar davom etadi.
Bugun "Latsio" - "Inter" qarama-qarshiligi o‘tkaziladi. Ertaga esa hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qiladigan "Roma" safarda "Yuventus" bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.
Quyida A Seriya 8-tur o‘yinlari bilan tanishishingiz mumkin (bellashuvlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan):
A Seriya 8-tur
16 oktyabr
18:00. Spetsiya - Salernitana
21:00. Latsio - Inter
23:45. Milan - Verona
17 oktyabr
15:30. Kalyari - Sampdoriya
18:00. Jenoa - Sassuolo
18:00. Udineze - Bolonya
18:00. Empoli - Atalanta
21:00. Napoli - Torino
23:45. Yuventus - Roma
18 oktyabr
23:45. Venetsiya - Fiorentina
Fikrlar