Italiyaga qarshi uchrashuvni diskvalifikatsiya sabab 1 futbolchimiz o‘tkazib yuboradi!

  • 16 noyabr, 01:21
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston U-17 terma jamoamiz Jahon chempionati nimchorak final bosqichiga chiqdi va Italiya bilan to‘qnash keladi. 
 
Sariq kartochkalari ko‘payib ketgani bois, Muhammad Hakimov bo‘lajak to‘qnashuvda jamoamizga yordam bera olmaydi. 
 
Bundan tashqari, 8 ta futbolchimiz Italiyaga qarshi uchrashuvda ehtiyotkor bo‘lib harakat qilishi talab etiladi. Bular: Muhammadali Musaxonov, Sadriddin Hasanov, Asilbek Aliev, Azizbek Abdumo‘minov, Jamshidbek Rustamov, Miraziz Abdukarimov, Muhammad Habibullaev va Abdumalik Anvarov. Agarda ushbu futbolchilar navbatdagi to‘qnashuvda sariq kartochka bilan jazolansa, kelasi bosqichdagi bahsda maydonga tusha olmaydi. 
 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Italiyaga qarshi uchrashuvi 18 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:30da “Espayr” akademiyasi 8 maydonida start olishi rejalashtirilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mashal
16/11/2025 01:26
Italiya bilan oʻyin oxirida sariq olish kerak, undan keyingi raqiblar nisbatan oson toza xolda oʻtib olamiz, yarim finalga.