ITKF Karate-do bo‘yicha Jahon Kubogi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi (fotogalereya)

CHERY AUTO

Shu yilning 6-7 oktyabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Yunusobod” sport majmuasida ITKF Karate-do bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Bugun 5 oktyabr kuni KIUT universiteti anjumanlar bo‘limida mazkur turnir oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Xalqaro ITKF karate-do federatsiyasi prezidenti Jilberto Gerdner, Osiyo-Okeaniya karate federatsiyasi prezidenti Ibrohim al Bakir, Pan Amerika karate federatsiyasi prezidenti Justo Gomes, Evropa karate federatsiyasi bosh hakami Elijio Kotarelli, Afrika karate federatsiyasi prezidenti Rami el Makavi va O‘zbekiston ITKF karate-do federatsiyasi raisi Shuhratjon Kushmuratovlar ishtirok etdi.

Afrika karate federatsiyasi prezidenti Rami el Makavi: “Biz ilk marta O‘zbekistonda mazkur yirik turnirni o‘tkazmoqdamiz. Bilamizki, ushu yurtda karate-dochilari Jahon miqyosida oldingi o‘rinlarda turadi. Shuningdek, Falastin, Misr va boshqa bir qancha davlat sportchilari musobaqa uchun qizg‘in kurash olib boradi”.

Evropa karate federatsiyasi bosh hakami Elijio Kotarelli O‘zbekistonga birinchi marta kelishim, ammo bu mamlakatda ITKF Karate-do sport turiga qiziqish ancha balandligini ko‘rdim. Musobaqaga tayyorgarlik anyaagina yuqori. Ishonamanki, tunrnir yuqori qayfiyatda va darajada bo‘lib o‘tadi”.

ITKF karate-do federatsiyasi prezidenti Jilberto Gerdner: “Darhaqiqat, biz O‘zbekistonda ilk marta mazkur turnirni o‘tkazmoqdamiz. Avvalo, ushbu musobaqaga bir qancha yirik mamlakatlar da’vogar edi. Ammo biz O‘zbekiston variantida to‘xaldik. Mazkur Jahon Kubogida 20dan ortiq davlatdan 700 dan oritq ishtirokchilar qatnashmoqda va Pan Amerika, Afrika, Evropa hamda Osiyodan saralangan sportchilar qatnashmoqda. Ishonamanki, musobaqa ko‘tarinki kayfiyatda o‘tadi”.

O‘zbekiston ITKF karate-do federatsiyasi raisi Shuhratjon Kushmuratov: “Jahon kubogidek yirik turnirni qabul qilayotganimizdan bag‘oyat xursandmiz. Albatta, bu katta mas’uliyat talab etadi. Ushu musobaqada 20 dan ortiq davlatdan 700 ga yaqin sportchilar ishtirok etmoqda. Albatta bizning sportchilar bu turnirga tayyorgarlik jarayonini a’lo darajada o‘tkazdi. Albatta, bizdan bir qancha kuchli karatechilarimiz musobaqada oliy o‘rinlar uchun kurasha oladi. Asosiy raqobatchi sifatida Misr delegatsiyasini ko‘rsatish mumkin. Chunki, mazkur davlatdan 40 ga yaqin ishtirokchilar medallar uchun kurashadi”.

Quyida ushbu jarayondan fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!