Ivor Vaytser keyingi mavsumda ham "Buxoro"da qoladimi?
Xabaringiz bor, “Buxoro” klubi ushbu mavsumda muxlislarga ajoyib o‘yin ko‘rsatgan holda, chempionatni 6-o‘rinda yakunladi. Albatta ushbu ko‘rsatilgan natijada legionerlarning o‘rni beqiyosdir.
SPORTS.uz internet axborot portali, shuni e’tiborga olgan holda, futbolchining klubdagi keyingi faoliyati bilan qiziqdi.
Xorvatiyalik futbolchining so‘zlariga qaraganda u faoliyatini keyingi mavsumda ham mamlakatimizda davom ettirishni xohlamoqda. Biroq, hozircha ushbu futbolchiga yangi shartnoma taklif qilinganicha yo‘q.
Qayd etish lozim, 29 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsumda buxoroliklar safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qilgan.
Fikrlar