Jahon chempionati. 2 nafar bokschimiz yarim finalga yo‘l oldi

  • 13 mart, 19:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni raytda Serbiyaning Nish shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempionatining chorak final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

-50 kg vaznda Sabina Boboqulova bolgariyalik Zlatislava Chukanova ustidan 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

-60 kg da ringga ko‘tarilgan Sitora Turdibekova esa Qozog‘iston vakilasi Grafeyeva Viktoriyaga ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

-66 kg vaznda Navbahor Hamidova marokashlik Mounia Toutirega qarshi bahs olib borib, yakunda 5:0 hisobida g‘olib chiqdi.

-81 kg da Sohiba Ro‘zmetova Turkiya vakilasi Busra Isildardan hakamlar qarori bilan engildi.   

Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni Farzona Fozilova, Feruza Kazakova, Nigina O‘ktamova va Aziza Zokirovaning janglari kutmoqda. Ular ham yarim final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
14/03/2025 01:33
Aziza omad!