Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Jahon chempionati. 8 nafar muaytaychimiz yarim finalga yo‘l oldi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Bangkokdagi turnir qizg‘in pallaga kirmoqda.

Ayni kunlarda sportning muaytay turi bo‘yicha Bangkok shahrida 20-Jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘liq tarkib bilan ishtirok etyapti.

Murosasiz kechgan bahslarda hozirgi holati bo‘yicha 8 nafar sportchimiz yarim finalga yo‘l olishdi.

9-10 yosh toifasi:
44-kg O.Siddiqjonov 

10-11 yosh toifasi:
31-kg S.Ganiev 

12-13 yosh toifasi:
43-kg Z.Saidkamalov
45-kg Sh.Juraev 
48-kg D.Ismailov

16-17 yosh toifasi:
57-kg M.Ardashirov - UK

18-39 yosh toifasi:
75-kg J.Nazirov - GER
81-kg H.Kurbanov - HIN

Bugundan havaskorlar o‘rtasida qolgan yosh toifalari bo‘yicha ohirgi saralash bahslari va yarim professionallar o‘rtasida ilk saralash janglari start oladi.

Bu haqda O‘zbekiston muaytay federatsiyasi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q