Jahon chempionati. Bugun 7 nafar bokschimizga muxlislk qilamiz!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Budva shahrida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Chernogoriyaning Budva shahrida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun ham nimchorak final janglari o‘tkaziladi. Kun davomida 7 nafar bokschimizga muxlislik qilamiz.
Juftliklar bilan tanishing:
-55 kg: Elyor Rustamov - Manuel Bueno (Ispaniya) B ring, 17:45
-65 kg: Jahongir Zayniddinov - Yashua Flemming (Angliya) B ring, 18:30
-70 kg: Zulfiqor Adhamjonov - Hakan Arda (Turkiya) A ring, 19:00
-51 kg: Nazokat Mardonova - Kubra Chichek (Turkiya) A ring, 21:45
-60 kg: Muhammadrizo Ukimov - Nikola Bogatinoski (Serbiya) B ring, 22:30
-75 kg: Samira Turg‘unova - Stepani Amaral (Braziliya) A ring, 23:15
-80 kg: Abrorbek Sharipov - Timur Karaivan (Ukraina) B ring, 00:00
Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan ikki dasturda, 17:00 va 21:00 da start oladi. Bu haqida O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Izohlar (0)