Jahon chempionati finali oldidan Saudiya klubiga noxush xabar bor

  • 10 fevral, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi va endi "Al-Hilol"ga qarshi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida ishtirok etishga tayyor.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, kecha “qirollik klubi” Misrning “Al-Ahli” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Jurnalist Karlos Rodrigesning yozishicha, tibbiy ko‘riklar natijalari Asensio klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida ishtirok etishga tayyorligini ko‘rsatdi. Eslatib o‘tamiz, futbolchi Ispaniya chempionatining "Malorka"ga qarshi o‘yinida olgan kichik jarohati tufayli yarim finalni o‘tkazib yuborgan edi.

Yozda Asensioning "Real" bilan shartnomasi tugaydi, ammo klublar shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun, "Real" va "Al-Hilol" o‘rtasidagi final uchrashuvi 11 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!