Jahon chempionati. Javohir Sindarov finalda xitoylik shaxmatchiga qarshi dona suradi
Javohir Sindarov 15 daqiqalik tay-breykning birinchi partiyasida Yakubboevni mag‘lub etdi, ikkinchi o‘yinda esa Najdorf variantidagi keskin pozitsiyada majburiy tenglikka olib boradigan aniq yo‘lni topdi. Natijada: Sindarov O‘zbekiston tarixida birinchi bo‘lib rasman Nomzodlar turnirida ishtirok etadigan shaxmatchiga aylandi!
Andriy Esipenko va Vey I o‘rtasidagi to‘qnashuv esa ancha dramatik tarzda kechdi. Birinchi partiyada Andrey rus himoyasiga qarshi jiddiy qarshilik ko‘rsata olmadi: pozitsiyasi yomonlashib bordi va hatto yutqazib qo‘yish xavfi ham tug‘ildi. Lekin yaxshi pozitsiyaga erishgan paytida Vey I uch martalik takror bilan durangga majbur qildi. Ikkinchi partiyada uzoq vaqt davomida tenglik bo‘ladi va o‘yin 10 daqiqalik seriyaga o‘tadi, deb taxmin qilingan edi. Biroq bir onda Esipenko ikki piyodani yutib oldi — va go‘yo finalga chiqish juda yaqin edi.
Ammo Vey eng hal qiluvchi daqiqada rux bilan yurishni amalga oshirib, masalani hal qildi va finalga yo‘l oldi.
Oldinda — final, shuningdek, uchinchi o‘rin uchun bahs, unda Nomzodlar turniriga so‘nggi yo‘llanma uchun Esipenko va Yakubboev kurashadi!
Fikrlar