Jahon chempionati: O'zbek bokschisi jangni birinchi raundda tugatdi
O‘zbekistonlik yosh bokschi Jahongir Zayniddinov 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Budva shahrida (Chernogoriya) o‘tayotgan jahon chempionatining 1/16 final bosqichida slovakiyalik Gaspar Pekhan ustidan mutlaq g‘alabaga erishdi.
Zayniddinov 65 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ringga ko‘tarildi va raqibiga mutlaqo imkoniyat qoldirmadi. Bellashuv ilk raunddayoq O‘zbekiston vakili foydasiga texnik nokaut bilan yakunlandi. Shu tariqa, Jahongir musobaqaning navbatdagi bosqichiga yo‘l oldi.
19 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionati 16–27 oktyabr kunlari Budva shahrida World Boxing tashkiloti himoyasi ostida o‘tkazilmoqda. Musobaqada 69 ta milliy federatsiyadan kelgan 474 nafar bokschi ishtirok etmoqda. Ular erkaklar va ayollar o‘rtasidagi 20 ta vazn toifasida medallar uchun kurash olib bormoqda.

Fikrlar