Jahon chempionati oldidan Argentina futboli rahbariga ayblov e’lon qilindi

  • 01.04.2026 08:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Argentina sudi mamlakat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Klaudio Tapiyaga nisbatan protsessual choralar qo‘llashga kirishdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Argentina adliyasi tashkilotga, shuningdek Tapiyaning o‘zi va xazinachi Pablo Tovidjinoga nisbatan moliyaviy qonunbuzarliklar bo‘yicha sud ishini boshlashga qaror qilgan.

Gap soliq mablag‘lari va majburiy ijtimoiy to‘lovlarni o‘zlashtirish haqida bormoqda. Sud qaroriga ko‘ra, AFAga taxminan 350 million peso (taxriban 246 ming dollar) miqdorida hibs qo‘yilgan.

Tergov soliq organining murojaatidan so‘ng boshlangan bo‘lib, u so‘nggi ikki yilda 19 milliard pesodan (taxminan 13 million dollar) ortiq qarzdorlik mavjudligini bildirgan.

Shuningdek, tashkilotning boshqa rahbarlari ham, jumladan bosh direktor va federatsiya bosh kotibi ham protsessual choralarga tortilgan.

Klaudio Tapiyaning o‘zi esa avvalroq ayblovlarni rad etgan va hech qanday qonunbuzarliklarga aloqador emasligini bildirgan.

AFAda ham barcha soliq deklaratsiyalari topshirilgani va qarzlar hisoblangan foizlar bilan jarimasiz to‘langani ma'lum qilingan.

Alohida qayd etilishicha, sud Tapiya va Tovidjino uchun mamlakatdan chiqib ketish taqiqini saqlab qolgan, shuningdek ularning harakatlanishi cheklangan — ularga yashash joyini 72 soatdan ortiq tark etish taqiqlangan.

Vaziyat AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan “JCh-2026” yaqinlashayotgan bir paytda rivojlanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!