
Jahon chempionati. Sarvarbek Zafarjonov yurtimizga yana ikkita medal taqdim etdi
Poytaxtimiz og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilayotganidan xabaringiz bor.
Bugun -89 kg vazn toifasida supachaga chiqqan vakilimiz Sarvarbek Zafarjonov siltab ko‘tarish bahslarida 2-o‘rinni egalladi. Shuningdek, 371 kg natija bilan ikki kurash yakuniga ko‘ra 2-bo‘ldi. Bu orqali u yurtimizga ikkita kumush medalni taqdim etdi.
Bungacha Doston Yoqubov hamda Adham Ergashev ham O‘zbekistonga medallarni olib bergandi.
Fikrlar