"Jahon chempionati U-20". Bugun O‘zbekiston Yangi Zelandiya bilan o‘ynaydi

Bugun 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining 2-turi doirasida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Unda vakillarimizga Yangi Zelandiya jamoasi raqiblik qiladi. 

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi. Bellashuv "UzReport TV" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, ilk turda hamyurtlarimiz mezbon Argentinaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Yangi Zelandiya esa Gvatemaladan ustun kelgan - 1:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!