
Jahon chempionati. Vakillarimiz ilk kunda 13ta oltin medalga sazovor bo‘ldi
Xabar berganimizdek, kecha Jizzax shahridagi “So‘g‘diyona” sport majmuasida belbog‘li kurash bo‘yicha 2001-2003 yillarda tug‘ilgan yoshlar va qizlar o‘rtasida ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun jahon chempionati bellashuvlariga start berildi.
Sovrin jamg‘armasi 56 000 AQSh dollarini tashkil etadigan mazkur jahon chempionatida dunyoning 30ga yaqin davlatidan qariyb 300 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahslarga kirishdi.
Musobaqaning ilk kunida yoshlar o‘rtasida 8ta, qizldar o‘rtasida 6ta vazn toifasida g‘oliblar nomi ma’lum bo‘ldi. E’tiborlisi, 14ta vazndan naqd 13tasida oltin medallar O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga nasib etdi.
Quyida jahon chempionatining birinchi kungi bellashuvlarida barcha vazn toifalari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:
Qizlar o‘rtasida:
-48 kg:
1. Ibragimova Mohigul (O‘zbekiston),
2. Abdujabborova Zulayho (O‘zbekiston),
3. Retbaeva Aigerim (Qozog‘iston),
3. Shabieva Lina (Rossiya Federatsiyasi),
-52 kg:
1. Abdunabieva Farangiz (O‘zbekiston),
2. Obiltaeva Nazerke (Qozog‘iston),
3. Abduqadirova Shahnoza (Qozog‘iston),
3. Viatkina Anastasiya (Isroil),
-58 kg:
1. Polatbaeva Bibigayxar (O‘zbekiston),
2. Tavbaeva Sevinch (O‘zbekiston),
3. Nuriddin qizi Bernei (Qirg‘iziston),
3. Samolilenko Natalya (Belarus),
-66 kg:
1. Mahmudova Maftunabonu (O‘zbekiston),
2. Husanova Qizlarxon (O‘zbekiston),
3. Orunbasarova Asiljan (Qozog‘iston),
3. Uaxman Salma (Marokash),
-76 kg:
1. Azatova Zemfira (O‘zbekiston),
2. Bodan Dina (Qozog‘iston),
3. Kurstanbekova qizi (Qirg‘iziston),
3. Mamadalieva Muhayyoxon (O‘zbekiston),
+76 kg:
1. Qalandarova Shoira (O‘zbekiston),
2. Nosirova Munisaxon (O‘zbekiston),
3. Anarbekova Ayjan (Qirg‘iziston),
3. Intikbay Janaya (Qozog‘iston),
Yoshlar o‘rtasida:
-57 kg:
1. Abdumalikov Nodirbek (O‘zbekiston),
2. Azimov Husan (O‘zbekiston),
3. Narirbay at Kenjebay (Qirg‘iziston),
3. Ne’matullaev Jamoliddin (O‘zbekiston),
-62 kg:
1. Abdullaev Abduahad (O‘zbekiston),
2. Azimjonov Azizjon (O‘zbekiston),
3. Rusu Cokneliu (Ruminiya),
3. Avazbekov Abduqodir (O‘zbekiston),
-68 kg:
1. Sultonov Oybek (O‘zbekiston),
2. Nizomiddinov Jahongir (O‘zbekiston),
3. Kurmangaliev Sayvan (Qozog‘iston),
3. Maukenbay Aybergen (Qozog‘iston),
-75 kg:
1. Sultanbaev Nusratbek (O‘zbekiston),
2. Hasanboev Xolmirza (O‘zbekiston),
3. Ramazanov Ilnaz (Rossiya Federatsiyasi),
3. Samat Uulu Bayactan (Qirg‘iziston),
-82 kg:
1. Imyanov Manguberdi (O‘zbekiston),
2. Maqsatbek at Iriskeldi (Qirg‘iziston),
3. Akulbekov Adilet (Qirg‘iziston),
3. Zaripov Ibrohim (Tojikiston),
-90 kg:
1. Muxammedov Oybekjon (O‘zbekiston),
2. Hurandov Uchqunjon (O‘zbekiston),
3. Maktibekov Bayaman (Qirg‘iziston),
3. Kiselev Maksim (Rossiya Federatsiyasi),
-100 kg:
1. Raimali Uulu (Qirg‘iziston),
2. Israilov Jumadulla (O‘zbekiston),
3. Obidxonov Ilyosbek (O‘zbekiston),
3. Chubak Uulu (Qirg‘iziston),
+100 kg:
1. Vahobov Muhammad (O‘zbekiston),
2. Zokirov Asadbek (O‘zbekiston),
3. Makatsariya Zurab (Rossiya Federatsiyasi),
3 Saxabiev Albert (Rossiya Federatsiyasi).
Jahon chempionati g‘oliblari 10 million, kumush medal sohiblari 7 million hamda bronza medalini qo‘lga kiritgan sportchilar esa 5 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi. Taqdirlash marosimida Turizm va sport vazirining o‘rinbosari Avazjon Karimov ham ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, tashkilotchilar tomonidan musobaqa g‘olib va sovrindorlariga pul mukofotlaridan tashqari yana ikkita "Cobalt" avtomashinasi ham taqdim etiladi.
Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati
Fikrlar