Jahon chempionatida 7 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladik !!!

  • 30.08.2025 22:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo

O‘zbek dzyudosi tarixida yangi sahifa ochgan kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 5 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan 71 davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni band etdik. IJF bayrog‘i ostida qatnashgan rossiyalik dzyudochilar 4 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Braziliya terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasab berdi. 

Yaponiya, Gruziya, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston va Serbiya terma jamoalari safida bir nafardan jahon chempioni bor. Jami 23 davlat delegatsiyalari uylariga jahon chempionatining kamida bitta bronza medali bilan qaytadigan bo‘lishdi.

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!