
Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-17 termasi Turkiyada marokashlik futbolchilar bilan o‘ynaydi!
Indoneziyada o‘tkaziladigan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati boshlanishiga sanoqli oylar qoldi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi mundialga tayyorgarlik rejasiga ko‘ra, 4-14 sentyabr kunlari Turkiyada yig‘in o‘tkazgan holda marokashlik futbolchilarga qarshi to‘p tepadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
O‘FA rahbariyati mazkur yig‘in oldidan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida oldimizda turgan yirik musobaqa Jahon chempionatining mas’uliyati haqida fikr bildirildi. Har bir futbolchi professionallik, vatanparvarlik, intilish va mehnatsevarlikni o‘zida mujassam qilgan holda maydonga tushishi kerakligi aytildi.
O‘FA rahbariyati murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi. Tibbiy shtabga futbolchilarning sog‘lig‘i, tiklanishi va vitaminizatsiyalash jarayoniga jiddiy e’tibor berish, yuqori darajada tibbiy yordam ko‘rsatish amaliyotini davom ettirishga ko‘rsatma berdi.
Fikrlar